O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

104-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari
Ish yuritish to‘xtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli
emas, bundan da’voni va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.
1


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101 — 103

105 — 107-moddalari
.
105-modda. Ish yuritishning tiklanishi
Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish
tiklanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101 — 104

106

107-moddalari
.
106-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi
Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim
chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim
ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101 — 105-moddalari
.
10-bob. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish
107-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish asoslari
Sud quyidagi hollarda da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi, arbitraj sudi ish yurituvida ayni bir
shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish
mavjud bo‘lsa;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish
uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat
qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va, agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan
javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik
sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
108

109-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
11 — 13-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.
3) da’vo arizasi imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs
tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs
tomonidan imzolangan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 155-moddasi birinchi qismining 
2-bandi
.
4) qonunchilikka yoki shartnomaga ko‘ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali
undirib olinishi kerak bo‘lishiga qaramay, da’vogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bankka
yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat etmagan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarori 13-bandining 
beshinchi xatboshisi
.
5) da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa,
basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan
bo‘lsa;
5 ) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish
tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
1


5 ) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar
uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
5 ) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli
“Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
12-bandi
.
6) da’vogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz
qilmagan bo‘lsa;
7) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza ko‘rilayotganda huquq
to‘g‘risida nizo kelib chiqqanligi aniqlansa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 208-moddasining 
uchinchi

to‘rtinchi qismlari
.
8) da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan
taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks
 157-moddasi
.
9) javobgarga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa va javobgarga nisbatan
taqdim etilgan talab qonunga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lsa.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling