O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

102-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101

103 — 107-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 9-bandining 
birinchi

uchinchi xatboshilari
.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
49-moddasi
.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb
qilinganda;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli
“Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi qarorining 
20-bandi
.
4) chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni
amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 244-moddasining
 uchinchi qismi
.
103-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Ish yuritish:
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 
1-bandida 
nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud
hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 
2
va
5-bandlarida
, 102-moddasining 
3
va 
4-bandlarida
nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf
qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining
 3
 va 
4-bandlarida 
va 102-moddasining 
2-bandida 
nazarda
tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga
layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
o‘tguniga qadar;
3 ) ushbu Kodeks 101-moddasining 
6-bandida 
nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-
taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 
1-bandida 
nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan
ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
101

102

104 — 107-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi 283-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling