O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

99-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish
Da’voni ta’minlash choralari ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning
iltimosnomasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish
to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning
127-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi da’voni
ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi
kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari sud hujjati amalda ijro
etilguniga qadar o‘z kuchini saqlaydi.
1


Da’voni qanoatlantirish rad etilgan, da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan
hollarda, da’voni ta’minlash choralari tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar o‘z
kuchini saqlaydi. Biroq sud ko‘rsatilgan sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul
qilinganidan keyin da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
Hakamlik sudining da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori
da’voni ta’minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
93 — 99-moddalari
, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
32-
moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori 26-bandining
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 29.07.2016-yildagi “Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan
qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 12-sonli Qarorining 
12-bandi
.
Da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori ta’minlash
choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling