O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

8-bob. Da’voni ta’minlash
93-modda. Da’voni ta’minlash asoslari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish uchun asos
bo‘ladi.
Da’voni ta’minlashga, agar shunday choralarni ko‘rmaslik sud hujjatining ijrosini
qiyinlashtirishi yoxud bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkin bo‘lsa, iqtisodiy sud ishlarini
yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi.
Davlat foydasiga mulkiy undirish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud da’vogarning arizasiga ko‘ra
da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Davlat organining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul
qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizlik)
sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi
da’voni ko‘rishda sud da’vogarning arizasi bo‘yicha da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari hakamlik
muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
94 — 100

214-moddalari
.
Arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining
arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.
94-modda. Da’voni ta’minlash choralari
Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga tegishli mol-mulkni yoki pul mablag‘larini xatlab qo‘yish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni bajarishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador bo‘lgan muayyan harakatlarni bajarishni
taqiqlash;
4) da’vogar nizolashayotgan, undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro
hujjati yoki boshqa hujjat bo‘yicha undirishni to‘xtatib turish;
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilgan taqdirda, mol-mulkni
realizatsiya qilishni to‘xtatib turish;
6) nizoli mol-mulk buzilishining, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida
javobgarning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatish;
7) nizoli mol-mulkni uchinchi shaxsga (saqlovchiga) o‘tkazish.
Sud da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralarni ko‘rishi mumkin, shuningdek da’voni
ta’minlash bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta chora ko‘rilishi mumkin.


Da’voni ta’minlash choralari bildirilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak.
Da’voni ta’minlash choralari ko‘rilayotganda sud javobgarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan
zararning o‘rnini javobgarning iltimosnomasiga ko‘ra qoplashni ta’minlash choralarini ko‘rishga
haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
93

95 — 100-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 262-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
8-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan
protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 283-sonli
Qarorining
 18-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling