Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati sud majlisida o‘qib eshittiriladi, tekshiriladi
va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Og‘zaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning)
bayonnomasiga kiritiladi.
Mutaxassisning maslahatini oydinlashtirish va to‘ldirish maqsadida savollar berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning
21
,
57
,
58-moddalari
.
88-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha
sud guvohni sud majlisida
ko‘rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimos qiluvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni
guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini
sudga ma’lum qilishi shart.
Guvoh ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlarni sudga og‘zaki xabar qiladi.
Guvoh sudning taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib
bera olmasa,
u xabar qilgan
ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
53
,
54
,
117-moddalari
.
89-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan o‘zlariga ma’lum
holatlar
to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda
ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini
yozma shaklda bayon qilishi
mumkin.
Boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning
ishda ishtirok etuvchi
shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq
ekanligiga va aldash, zo‘rlik
ishlatish,
qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganligiga
sudda shubha
tug‘ilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
40 — 46-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: