O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

81-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi
Ekspertiza sud majlisida yoki agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud
tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan ushbu
ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
80

82 — 86-moddalari
, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 17-
moddasining 
uchinchi — beshinchi qismlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 
10 — 15-bandlari
.
82-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish
uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 16-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo‘lsa yoki uning to‘g‘riligiga shubha
tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani
o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 16-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan
tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Takroriy ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning
birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Takroriy ekspertizani o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi.
Birinchi (oldingi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani


o‘tkazishda hozir bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda
ishtirok etmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
80

81

83 — 86-moddalari
, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 
18-
moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik s udi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
8-bandi
, 16-bandining 
birinchi

ikkinchi

beshinchi

oltinchi xatboshilari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling