O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

76-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud bo‘lgan hujjatlarni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, ularning
asli sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ushbu shaxslarga, agar sud hujjatni
qaytarish nizoning to‘g‘ri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish
jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma
bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini
taqdim etadi yoki ishda qolayotgan ko‘chirma nusxaning asliga to‘g‘riligi sud tomonidan
tasdiqlanishini iltimos qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 75

77 — 79

192-moddalari
.
77-modda. Ashyoviy dalillar
O‘zining tashqi ko‘rinishi, ichki xossalari va mazmuni, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qila oladigan ashyolar
ashyoviy dalillardir.


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 76

78

79-moddalari
.
78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi,
zarur bo‘lgan taqdirda esa muhrlab qo‘yilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim.
Sud va saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmaydigan holatda saqlash choralarini ko‘radi.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning
118-moddasida 
belgilangan
qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 77

79-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling