O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

72-modda. Dalillarning maqbulligi
Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ish holatlari boshqa
dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga ma’lum deb topilgan holatlari isbotlashga muhtoj
emas.
Iqtisodiy sudning ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan
aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko‘rayotganida
yangidan isbot qilinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
19-bandi
.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv
qarori boshqa ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki
ma’muriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli
bo‘lgan holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir
etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha
iqtisodiy sud uchun majburiydir.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.06.2010-yildagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy
qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
74-modda. Dalillarga baho berish
Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan
holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho
beradi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning
yig‘indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.


Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan
olinadi.
Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas.
Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan
holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan va sudga topshirilmagan bo‘lsa, va ushbu
hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma nusxalari
o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa,
isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 73

75 — 79-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
20-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling