Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni
xabardor qilmasdan sud
tomonidan darhol ko‘zdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Yozma va ashyoviy dalillarni ular turgan joyda bevosita ko‘zdan
kechirish va tekshirish
jarayonida
ushbu Kodeksning
201-moddasida
belgilangan tartibda
sud tomonidan bayonnoma
tuziladi.
Dalillarni mustahkamlash uchun bayonnoma
tuzish bilan birga audio-,
videoyozuvga olish,
fotosuratga tushirish, ko‘chirma nusxalar, rejalar, chizmalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning
boshqa usullari qo‘llanilishi mumkin. Dalillarni mustahkamlashning bunday usuli qo‘llanilganligi
bayonnomada aks ettiriladi, ma’lumotlarni aks ettiruvchi materiallar bayonnomaga ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
66 — 69
,
71 — 79
,
203-moddalari
.
71-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ishga aloqador bo‘lgan dalillarni qabul qiladi.
Agar taqdim etilgan dalillar ko‘rilayotgan ishga aloqador bo‘lmasa,
ular ish materiallariga
qo‘shib qo‘yilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
66 — 70
,
72 — 79-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi 261-sonli Qarorining 3-bandi
ikkinchi xatboshisi
,
7
,
20-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: