62-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish
Vakilning sudda ish yuritishga doir vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va
rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining
birinchi qismi
,
135-moddasi
.
Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbari yoki ta’sis hujjatlarida shunday
vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolangan va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan
(muhr mavjud bo‘lganda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining
birinchi qismi
,
135-moddasi
.
Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining
ikkinchi qismi
.
Shartnoma bo‘yicha vakil sifatida harakat qiluvchi shaxs (bundan advokat mustasno)
ishonchnomadan tashqari sudga shartnoma bo‘yicha vakil maqomini tasdiqlovchi hujjatni taqdim
etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining
ikkinchi qismi
,
136-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining
47-moddasi
.
63-modda. Vakilning vakolatlari
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual
harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan da’vo arizasini imzolash, ishni hakamlik
sudiga topshirish, da’vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da’voni tan olish, da’vo
predmetini yoki asosini o‘zgartirish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish
to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib
topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan
holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro
etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
10-bobi
(“Vakillik va ishonchnoma”).
Vakilning ushbu moddada ko‘rsatilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga bo‘lgan
vakolatlari u qaysi shaxs tomonidan vakil qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs bergan ishonchnomada
maxsus nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |