O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 55-modda. Ekspert
54-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari
Guvoh advokatning yuridik yordamidan foydalanish, iqtisodiy sud ishi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish, ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish, ko‘rsatuvlar berishda yozma qaydlar va hujjatlardan foydalanish huquqiga ega. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 53 , 88-moddasi . Guvoh sudning chaqiruviga binoan kelishi, ish yuzasidan o‘zi xabardor bo‘lgan ma’lumotlar va holatlar haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi, sudya va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Guvoh bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, tilxat olinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-moddasining birinchi qismi va 240-moddasi . Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas. Qonunga muvofiq kasbiy burchini bajarishi jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlar yuzasidan ko‘rsatuv berishni rad qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ko‘rsatuv berish majburiyati tatbiq etilmaydi. 55-modda. Ekspert Fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida xulosa berish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi . Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki o‘zga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi . Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur kodeksning 21 , 51 , 56-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30 , 31-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21 , 78 , 79-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling