O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
- 2-§. Sudda vakillik 61-modda. Vakillar orqali ish yuritish
59-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga olishga haqli emas. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 10 , 21 , 51 , 60 , 117-moddalari . 60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to‘g‘riligi xususida e’tirozlar taqdim etish huquqiga ega. Tarjimon: sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi; tarjimani aniq, to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 59 , 117-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238- moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining 03.07.1992-yildagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” gi Qonuni . 2-§. Sudda vakillik 61-modda. Vakillar orqali ish yuritish Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 57- moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4- moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi . Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 62-moddasining birinchi qismi . Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni o‘zlari tanlagan vakilga topshirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksi 65-moddasi . Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar bo‘lishi mumkin: 1) advokatlar; 2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; 3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha; 4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari; 5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha; 6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan boshqa shaxslar. Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish bo‘yicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling