Ishda ishtirok etuvchi shaxs, uning vakili o‘z vakolatlarini tasdiqlash
uchun zarur hujjatlarni
taqdim etmagan yoki qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan hujjatlarni taqdim etgan
taqdirda sud tegishli shaxsning ishda ishtirok etishga oid vakolatlarini
tan olishni rad etadi, bu
haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
65-modda. Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar
To‘la muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoxud vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxslar sudda
vakil bo‘la olmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
31-32-moddalari
, Fuqarolik protsessual
kodeksining
310 — 314-moddalari
.
Sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, prokurorlar va sud devoni xodimlari sudda vakil bo‘la
olmaydi. Mazkur shaxslar sud protsessida tegishli sudlarning, prokuratura
organlarining vakili
sifatida yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etayotgan hollarga nisbatan ushbu qoida tatbiq
etilmaydi.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida ayni shu nizo bilan bog‘liq holda
mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil bo‘lishi
mumkin emas, bundan qonunchilikda
nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: