O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

79-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ashyoviy dalillar kimdan olingan
bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan
bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi yoxud sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar
ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan bo‘lsa va bunday
iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning to‘g‘ri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan
olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ishni yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Sud ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan ashyolar tegishli
tashkilotlarga topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 78-moddalari
.
80-modda. Ekspertiza
Ishni ko‘rish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus
bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani
tayinlash qonunda belgilab qo‘yilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud taqdim
etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi to‘g‘risidagi arizani tekshirish yoxud qo‘shimcha ekspertiza
tayinlash zarur bo‘lsa, sud ekspertizani o‘z tashabbusi bilan tayinlashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
56

81 — 86-moddalari
, 102-moddasi birinchi qismining 
2-bandi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 3-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Ekspertiza o‘tkazilishi zarur bo‘lgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza o‘tkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan
masalalarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan masalalar rad
qilinganligini asoslab berishi shart.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 8.3-bandining 
birinchi xatboshisi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: o‘zlari ko‘rsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish to‘g‘risida
ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida o‘tkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat
qilishga, ekspertni rad etish to‘g‘risida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert
oldiga qo‘yilgan masalalarga qo‘shimcha masalalar kiritish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat
qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni
bo‘lmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qo‘shimcha yoxud takroriy ekspertiza o‘tkazish
haqida iltimos qilishga haqli.


Sud ekspertiza tayinlash to‘g‘risida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani
qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning
familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertiza muassasasining
nomi; ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va
hujjatlar; ekspertizani o‘tkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun 17-moddasining
 birinchi

ikkinchi qismlari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarori 
8 — 8.4-bandlari
.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur
materiallar va hujjatlarni taqdim etmagan hollarda hamda boshqa hollarda, agar ishdagi mavjud
holatlarga ko‘ra va shu tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, sud aynan qaysi
taraf ekspertizadan bo‘yin tovlayotganligidan, shuningdek uning uchun ekspertiza qanday
ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, qaysi fakt yuzasidan ekspertiza tayinlangan bo‘lsa, o‘sha
faktni aniqlangan yoki inkor etilgan deb topishga haqli.
Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza
o‘tkazilishiga doir advokat so‘rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza
tashkilotlariga yuborishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling