O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

84-modda. Komissiyaviy ekspertiza
Komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni to‘liq hajmda
o‘tkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan
so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va
imzolaydi.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri
kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
80 — 83

85

86-moddalari
, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning
20-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
8.2-bandi
, 16-bandining 
birinchi
,
 beshinchi

oltinchi xatboshilari
.
85-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan
holda bir nechta tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar
olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va
qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga


kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini
imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni)
shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi
yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar)
tomonidan aniqlangan faktlardan iborat bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi lozim.
Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri
kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-
ekspertiza tashkilotiga topshirilgan bo‘lsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga
yuklatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
80 — 84

86-moddalari
, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 
21-
moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining 
8-bandi
, 16-bandining 
birinchi

beshinchi

oltinchi xatboshilari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling