Qarang: mazkur Kodeksning
92
,
247-moddalari
.
92-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘i ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida bajariladi. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi
majlisni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘ining ijrosi to‘g‘risida
ajrim chiqarilib, u ishni ko‘rayotgan sudga darhol barcha
materiallar bilan birga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirig‘ini bajargan sudga tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar
bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud majlisida o‘zlari
ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda
tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
91
,
247-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 283-sonli Qarorining
4-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: