O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
86-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan masalalar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tekshirishlarning qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi. Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa qo‘yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi. Xulosa sud majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi. LexUZ sharhi Qarang: “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 17 — 21-bandlari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling