O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

218-modda. Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat
sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish
Taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish, shuningdek, favqulodda holat sharoitida
korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
2
2
08/02/23, 15:24
Стр. 154 из 228


Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga
qarshilik ko‘rsatish
Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy
faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi
O‘RQ-719-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 
03/21/719
/0929-
son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin
o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga,
shuningdek qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(219-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi
O‘RQ-719-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 
03/21/719
/0929-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka
oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi xatboshilari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling