Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish joyida jazoni o‘tayotgan shaxsning jazoni ijro etish
muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi yoxud ma’muriyatning o‘z
faoliyatini amalga oshirishiga boshqacha yo‘sinda to‘sqinlik qilishi,
basharti, mahkumga
nisbatan bir yil mobaynida jazoni o‘tash tartibi talablarini buzganligi
uchun jazoni ijro etish
koloniyasining karseriga o‘tkazish tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga
o‘tkazilganidan
keyin sodir etilsa, —
(221-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi
568-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar:
a) o‘ta xavfli retsidivist;
b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa,
—
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 13-
moddasi
ikkinchi qismi
,
52
,
109-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-
dekabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib
qoidalari
”.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: