O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport
vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish (227-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8-sentabrdagi O‘RQ-215-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda) Oldingi tahrirga qarang. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat’iy hisobidagi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, xuddi shuningdek ularni nobud qilish, ularga shikast yetkazish, ularni yashirish g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa. (227-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 8- sentabrdagi O‘RQ-215-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 402-modda) Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. (227-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586 /4106-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar: Oldingi tahrirga qarang. a) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa; (227-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14- martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759 /0213-son) b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (227-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586 /4106-son) (227-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) 08/02/23, 15:24 Стр. 159 из 228 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling