O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

229 -modda. Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan
huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish
Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud
qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) yerlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
5
6
08/02/23, 15:24
Стр. 164 из 228


muayyan huquqdan mahrum qilib, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi 
va 
ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan jinoyatni birinchi
marta sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u yer uchastkasining qaytarilishini hamda erning
qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritilishini ta’minlasa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum
qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(229 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 
03/21/708
/0799-son)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling