236-modda. Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama, to‘la
va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga
yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida
sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(236-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(236-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
14-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining
9-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy
protsessual kodeksining
8-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining
4-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”
gi Qonunining
9-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 5-
moddasining
beshinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud
hokimiyati to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 3-bandining
birinchi xatboshisi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |