moddasi ikkinchi qismining
oltinchi xatboshisi
,
353-moddasi
.
240-modda. Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani
bajarishdan bo‘yin tovlashi
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergovga
qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish, dastlabki tergov vaqtida yoki sudda
guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuv berishni yoxud ekspertning
xulosa berishni rad etishi
yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi —
(240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi
O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y.,
03/19/542
/3177-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
(240-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 55-moddasining
to‘rtinchi qismi
,
66-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 68-moddasining
to‘rtinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari guvohlik
ko‘rsatuvi berishni rad etganligi yoki bundan bo‘yin
tovlaganligi uchun, shuningdek guvoh
o‘ziga qarshi ko‘rsatuv berishni rad etganda javobgarlikka tortilmaydilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-
maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining
17-bandi
.
(240-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: