244-modda. Ommaviy tartibsizliklar
Oldingi
tahrirga qarang.
Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida
da’vat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon
axborot tarmog‘idan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan
foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha jarima yoki
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-martdagi O‘RQ-679-sonli
Qonuniga
asosan
birinchi va ikkinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y.,
03/21/679
/0256-son)
Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan
qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish
yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy
tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish —
Oldingi
tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq ayrim masalalar to‘g‘risida”gi
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |