O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

244 -modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni
tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish
(244 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga
yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima
chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash,
shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini
tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash —
(244 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
1
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 174 из 228


O‘RQ-405-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga
yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima
chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi
shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar
tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi
qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-
ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud
namoyish etish —
(244 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi
O‘RQ-405-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Ushbu moddaning
birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan
olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan,
shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
(244 -modda uchinchi qismi dispozitsiyasining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-
apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan “v” va “g” bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y.,
17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuniga 
asosan 244 -modda
bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling