O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 249-modda. Qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini 1
248 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish
tartibini buzish Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa; g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) odamlar o‘limiga; b) halokatga; v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534 /3046-son — 2019-yil 4- noyabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 249-modda. Qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini 1 1 08/02/23, 15:24 Стр. 181 из 228 buzish O‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odamning o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (249-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772 /0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 179-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish Qoidalari ”, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29- iyundagi 15 va 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q- dorilarni saqlash, tashish berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma ”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-sonli bug‘rug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport uqotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizom ”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-iyundagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan Yagona talablar ”. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27- fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 11-bandlari . Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling