O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish
Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro
tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat
sodir etishdan o‘zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka
olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 
155

165-moddalarida 
nazarda tutilgan
alomatlar bo‘lmasa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(245-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
1
6
08/02/23, 15:24
Стр. 178 из 228


246-modda. Kontrabanda
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud
bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib,
deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi,
zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-
yarog‘, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek
giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm,
separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston Respublikasining
bojxona chegarasidan o‘tkazish —
(246-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi
O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y.,
03/22/772
/0460-son — 2022-yil 2 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday
qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni,
radioaktiv materiallarni, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop
moddalarni ko‘p miqdorda kontrabanda qilish —
(246-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503
/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(246-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-
sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
17-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling