252-modda. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
Oldingi
tahrirga qarang.
Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash, shu jumladan talonchilik,
o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan yoxud aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish
yo‘li bilan egallash, xuddi shuningdek radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash
uchun moliyalashtirish, bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni
berish yoxud yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(252-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bosqinchilik yo‘li bilan;
d) ushbu Kodeksning
155
va
161-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni amalga
oshirish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(252-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Do'stlaringiz bilan baham: |