250-modda. Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan
foydalanish qoidalarini buzish
Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika buyumlarini
saqlash, hisobga olish, ulardan foydalanish, ularni tashish, jo‘natish qoidalarini buzish badanga
o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(250-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(250-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
08/02/23, 15:24
Стр. 182 из 228
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli
“Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda
tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
,
“Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish
va ularni hisobga olish to‘g‘risida”gi
yo‘riqnoma
(ro‘yxat raqami: 1491, 08.07.2005-y.), “O‘zbekiston
Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish”
qoidalari
(ro‘yxat
raqami: 1492, 08.07.2005-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yo‘l
transportida tashish”
qoidalari
(ro‘yxat raqami: 1493, 08.07.2005-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |