O‘sha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan
uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh
yilgacha ozodlikni cheklash
yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(232 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y.,
03/22/762
/0290-son)
233-modda. Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yoxud
garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda
o‘zlashtirish, rastrata qilish,
yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek
bank yoki boshqa kredit
tashkiloti xodimi tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan bank
operatsiyalarini
amalga oshirish, —
(233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi
O‘RQ-199-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(233-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(233-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
290-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: