O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XX bob. Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar
277-modda. Bezorilik
Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-
do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud
nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(277-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Bezorilik:
a) badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib:
b) bir guruh shaxslar tomonidan;
v) sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan
narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab;
g) o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona
mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) yosh bola, qariya, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab;
(277-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y.,
03/22/770
/0424-son)
e) ko‘p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast
yetkazib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Bezorilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab;
v) ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda;
g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik
vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga
qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(277-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-
08/02/23, 15:24
Стр. 205 из 228


iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
 qarori
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 38-sonli “Respublika sudlari tomonidan ommaviy
tartibsizliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 1-bandining 
“a” kichik bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
16-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining 
12-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling