O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 282-modda. Boshliqni qo‘rqitish
- 283-modda. Badanga shikast yetkazish
281-modda. Boshliqqa qarshilik ko‘rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga
majbur qilish Boshliqqa, shuningdek harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalarni buzishga majbur etish — ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa; v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3.7-bandi . 282-modda. Boshliqni qo‘rqitish Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, — 08/02/23, 15:24 Стр. 211 из 228 uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3.7-bandi . 283-modda. Badanga shikast yetkazish Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (283-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (283-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (283-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15- sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3.7-bandi . Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling