Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga oid
ustav qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash,
azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab
bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha og‘ir
shikast yetkazish, qonunga xilof
ravishda ozodlikdan mahrum qilish —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(285-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘sha qilmish:
a)
bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) badanga og‘ir shikast yetkazilishga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlarning o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3.1 — 3.6-bandlari
.
(285-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son
Qonuniga
asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis
Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: