291-modda. Qorovul xizmatini o‘tash qoidalarini buzish
Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan
zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday
oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(291-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha qilmish:
a) badanga og‘ir shikast yetkazilishiga;
b) odam o‘lishiga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
2.9
,
3.5-bandlari
.
292-modda. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzish
Ichki xizmat ustavi qoidalarini, shuningdek, garnizonda patrullik qilish qoidalarini zararli
oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlarning oldini olish
uchun tayinlangan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(292-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
08/02/23, 15:24
Стр. 215 из 228
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
2.9
,
3.5-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |