bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(295-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Xizmatda foydalanish uchun ishonib topshirilgan qurol, o‘q-dori, harakat qilish vositalari,
texnika ta’minoti buyumlarini saqlash qoidalarini buzish natijasida ularni yo‘qotish yoki ishdan
chiqarish, —
ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi
qismida
nazarda tutilgan qilmishlar jangovar
vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining
5.4.1-kichik bandi
, 5.4-bandi 5.4.2-kichik bandining
ikkinchi — beshinchi xatboshilari
.
Do'stlaringiz bilan baham: