60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash
Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to‘la o‘tamay turib, yangi jinoyat sodir
etsa, sud yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o‘talmay
qolgan jazo muddatini to‘la yoki qisman qo‘shadi.
Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda
ushbu Kodeksning
61-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq
turi uzil-kesil tayinlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazo turini
umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-
noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
7-bandi
.
Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan bo‘lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo‘shishda yengilroq jazoni og‘irrog‘i
bilan qoplash yoxud jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli
Qonuni
asosida
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-
son, 248-modda)
Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo‘yicha cheklashga
hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan
hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qo‘shiladi.
Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo‘shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida
tayinlangan asosiy jazoga qo‘shib tayinlanadi.
08/02/23, 15:24
Стр. 28 из 228
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
54
— 59-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |