O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning
hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib
ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u
javobgarlikdan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 116-moddasining 
birinchi qismi 
(“Oila a’zolarining
va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksining
 47 -moddasi
.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 
03/18/459
/0536-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan
ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni
ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim
bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday
qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u
javobgarlikdan ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
116-moddasi 
(“Oila a’zolarining va boshqa
4
08/02/23, 15:24
Стр. 67 из 228


shaxslarning aliment majburiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
47 -moddasi
.
(123-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 
03/18/459
/0536-son)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling