O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

126-modda. Ko‘p xotinli bo‘lish
Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-
xotin bo‘lib yashash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
1
1
1
3
1
3
1
3
1
08/02/23, 15:24
Стр. 69 из 228


uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik vositalari va
ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan
vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
(127-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi
O‘RQ-514-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y.,
03/19/514
/2450-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(127-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
188-
moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop
moddalar iste’mol etishga jalb qilish —
(127-moddaning ikkinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503
/2080-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(127-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek ushbu moddaning
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda
muomalaga chiqarish bilan bog‘liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
v) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv-tarbiya, sport yoki jamoat tadbirlari
o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarorining 
7-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling