Davlat ishtirokidagi tashkilot — 1) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti;
2) to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.
Davlat siri
—oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga
salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa
qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun
boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotlar.
Davlat sirlari
—davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan cheklab
qo‘yilgan o‘ta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlardir. O‘zbekiston
Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga
bo‘linadi.
Juda ko‘p zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq
bo‘lgan miqdordagi zarar.
Juda ko‘p miqdor
—bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq
bo‘lgan miqdor.
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib
qiluvchi mahsulot
— tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir
etishga undaydigan materiallar va narsalar
Katta ekin maydoni —1000 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan ekin maydoni
Ko‘p bo‘lmagan zarar
—
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
Ko‘p miqdor
—bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz
baravarigacha bo‘lgan miqdor.
08/02/23, 15:24
Стр. 222 из 228
(sakkizinchi bo‘limning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘limning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-
avgustdagi O‘RQ-391-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-179-sonli
Qonuni
asosida atama bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |