O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XVI bob. Javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
87-modda. Majburlov choralarini qo‘llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod
qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan
shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa
holatlarini e’tiborga olib, uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga
kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo
komissiyada ko‘rishga topshirilishi mumkin.
(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risida”gi 
nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash
nazarda tutilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi
katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning
birinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sud jazodan ozod qilish va unga
nisbatan majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
564-moddasi
.
(87-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2005-yil 30-sentabrdagi
O‘RQ-10-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 39-son, 294-modda)
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa
va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o‘rniga
majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling