O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

90-modda. Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish,
ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning
o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jazo
turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnat yoki o‘qishga halol
munosabatda bo‘lib kelayotgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan
jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab bo‘linganidan keyin
qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan
qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum
qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi.
(90-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli
qismi o‘tab bo‘linganidan keyin ushbu Kodeksning 
89-moddasida
nazarda tutilgan qoidalarga
muvofiq, jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida yangi
jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 
60
va 
86-moddalarida 
nazarda
tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(90-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 
03/18/476
/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining 
uchinchi qismi
,
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish
muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
 472 — 480-bandlari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling