O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

89-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga,
ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo‘llanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan
mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining 
uchinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan
jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining 
uchinchi qismi 
va 
164-
moddasi
.
(89-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs jazoning
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu
Kodeksning 
60 
va 
86-moddalarida 
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
08/02/23, 15:24
Стр. 47 из 228


Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 
472 — 480-
bandlari
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling