O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
-modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
103 -modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar: a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11- sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 1 — 4 , 6-bandlari , 7-bandining ikkinchi xatboshisi . (103 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish Oldingi tahrirga qarang. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa, — (104-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12- sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019- y., 03/19/567 /3737-son) Oldingi tahrirga qarang. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish: a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; v) o‘ta shafqatsizlik bilan; g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; d) tamagirlik niyatida; e) bezorilik oqibatida; 1 1 08/02/23, 15:24 Стр. 55 из 228 j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; z) diniy taassublar zamirida; Oldingi tahrirga qarang. i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida; (104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780 /0560-son) Oldingi tahrirga qarang. k) bir guruh shaxslar tomonidan; l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, — (104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5- noyabrdagi O‘RQ-645-sonli Qonuniga asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 03/20/645 /1469-son) Oldingi tahrirga qarang. besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 97-moddasida nazarda tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan; v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan; g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa; d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27- iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3- bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9- sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12-bandi . Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling