O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

105-modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 
104-
moddasida 
nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni
kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki
08/02/23, 15:24
Стр. 56 из 228


umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan
qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(105-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
g) o‘ta shafqatsizlik bilan;
d) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
e) tamagirlik niyatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
i) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud shu guruh
manfaatlarini ko‘zlab;
k) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
104-moddasida 
nazarda
tutilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan yoxud ushbu
Kodeksning 
97-moddasida 
nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan
shaxs tomonidan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
l) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
m) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib
sodir etilgan bo‘lsa, —
(105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “l” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli 
Qonuniga 
asosan “l” va “m” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 
03/20/645
/1469-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(105-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish
va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
3-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi
9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va
kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling