O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

103 -modda. O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda
o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga
suiqasd qilgan bo‘lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot
tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-
sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi qarori 
1 — 4

6-bandlari
, 7-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
(103 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
II bob. Sog‘liqqa qarshi jinoyatlar
104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish natijasida ko‘rish, so‘zlash, eshitish qobiliyatini yo‘qotish yoxud biron a’zoning ishdan
chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yo‘qolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki
sog‘lig‘ining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan
kam bo‘lmagan qismining doimiy yo‘qolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning
tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab bo‘lsa, —
(104-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-
sentabrdagi O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-
y., 
03/19/567
/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin
qarindoshlariga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
1
1
08/02/23, 15:24
Стр. 55 из 228


j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
i) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida;
(104-modda ikkinchi qismining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y.,
03/22/780
/0560-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) bir guruh shaxslar tomonidan;
l) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
noyabrdagi O‘RQ-645-sonli 
Qonuniga 
asosan “k” va “l” bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2020-y., 
03/20/645
/1469-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
97-moddasida 
nazarda
tutilgan tarzda qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa;
d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-
iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam
savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining 
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va
jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-
sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va
kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining 
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
12-bandi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling