O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat
MAXSUS QISM
BIRINChI BO‘LIM ShAXSGA QARShI JINOYATLAR I bob. Hayotga qarshi jinoyatlar 08/02/23, 15:24 Стр. 51 из 228 97-modda. Qasddan odam o‘ldirish Qasddan odam o‘ldirish — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni: a) ikki yoki undan ortiq shaxsni; b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni; v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini; d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda; e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida; j) o‘ta shafqatsizlik bilan; z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda; i) tamagirlik niyatida; k) milliy yoki irqiy adovat zamirida; l) bezorilik oqibatida; m) diniy taassublar zamirida; Oldingi tahrirga qarang. n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; (97-modda ikkinchi qismining “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi O‘RQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780 /0560-son) o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida; p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda; r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi — Oldingi tahrirga qarang. o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida” gi qarorining 8 va 9-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9- sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 12-bandi . (97-moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ- 99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 08/02/23, 15:24 Стр. 52 из 228 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling