O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

93-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining turlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining
xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish;
b) yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy
kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish;
v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy
davolanish;
g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida
hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya
kuzatuvida bo‘lish va davolanish.
(93-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 
03/19/567
/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
08/02/23, 15:24
Стр. 49 из 228


dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
5-bandi
.
94-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo‘rayishi alomatlari bo‘lmagan shaxslarga,
shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va
ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi
bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy
ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan
bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga
nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy
davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan
reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati
buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o‘ta ijtimoiy
xavfli bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur
davolash 
va 
reabilitatsiya 
choralarini 
amalga 
oshirish 
imkonini 
bermaydigan
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi
mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida
batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo‘riqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida
hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya
kuzatuvida bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan,
jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining
(harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan
shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
(94-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 
03/19/567
/3737-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 
181-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
5-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling