91-modda. Majburlov choralarining maqsadlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy holati buzilgan, ijtimoiy
xavfli qilmish sodir
etgan shaxslarga nisbatan ushbu shaxslarni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli
qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining
15-moddasi
.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka
yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslarga
nisbatan
jazolash bilan bir qatorda, davolash uchun va jazolash maqsadiga erishishga
ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratish uchun sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
(91-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567
/3737-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining
40-moddasi
.
92-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashning umumiy asoslari
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan yoki hukm chiqarilguniga
qadar yoxud jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini
anglay olmaydigan yoki
ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsga nisbatan,
agar u o‘zining ruhiy holati va sodir etgan qilmishining xususiyatiga ko‘ra jamiyat uchun xavf
tug‘dirsa, sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
(92-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y.,
03/19/567
/3737-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-
dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
3
va
4-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 11-
bandining
to‘rtinchi xatboshisi
.
Do'stlaringiz bilan baham: