89-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilishga,
ozodlikni cheklashga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni
o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo‘llanilishi mumkin.
(89-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida talablarini bajargan
mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 536-moddasining
uchinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan
jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;
b) og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;
v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa,
tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-moddasining
uchinchi qismi
va
164-
moddasi
.
(89-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilgan shaxs jazoning
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan ushbu
Kodeksning
60
va
86-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
LexUZ sharhi
08/02/23, 15:24
Стр. 47 из 228
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.)
472 — 480-
bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |