98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek
uning boshqa g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish
holatida qasddan odam o‘ldirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(98-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli
“Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
5
va
24-bandlari
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli
tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”
gi qarorining 8-bandining
birinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil
5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar
to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandining
birinchi xatboshisi
.
99-modda. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi
Onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishi —
Oldingi
tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(99-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |